VI syezd — 2025 16-18- oktabr kunlari Samarkand shahrida Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekiston davrida otorinolaringologiyadagi yutuqlar” mav

16-18- oktabr kunlari Samarkand shahrida Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekiston davrida otorinolaringologiyadagi yutuqlar” mavzusidagi O‘zbekiston otorinolaringologlarining VI syezdi .
Anjumanning ilmiy yo‘nalishi, maqsad va vazifalari. “Yangi O‘zbekiston davrida otorinolaringologiyadagi yutuqlar” mavzusidagi O‘zbekiston otorinolaringologlarining VI syezdini o‘tkazishdan asosiy maqsad innovatsion usullarni amaliyotga joriy etgan holda otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklarining yangi yo‘nalish va tendensiyalarini namoyish etish, otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari sohasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot va ishlanmalarning so‘nggi natijalarini taqdim etish, tadqiqot yo‘nalishlari va eng istiqbolli yo‘nalishlari hamda ularning natijalarini amaliyotga tatbiq etish yo‘llarini aniqlash, axborot maydonini kengaytirish va turli profildagi ilmiy va tibbiyot muassasalari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni kengaytirishdan iborat. Anjumanda otorinolaringologiya va bosh va boʻyin kasalliklari sohasidagi Oʻzbekistonning yetakchi olim va mutaxassislari, yetakchi xorijiy ekspertlarning maʼruzalari tinglanadi, shuningdek, anjuman doirasida hamkorlik va malaka oshirish toʻgʻrisidagi memorandumlar imzolandi. Anjuman doirasida dori vositalari, tibbiy asbob-uskunalar va tibbiy adabiyotlar ishlab chiqaruvchilari ko‘rgazmasini o‘tkazildi. Anjumanning yakuniy qismi mahorat darslari va klinik muhokamalardan iborat bo‘lib, unda ishtirokchilar jahon tibbiyotining otolaringologiya va bosh va bo‘yin kasalliklari sohasidagi so‘nggi yutuqlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Anjumanning ilmiy yo‘nalishlari: tibbiyotdagi axborot texnologiyalari, diagnostika va terapiya, LOR kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni tekshirish va davolashning zamonaviy ob’ektiv usullari, asboblari va materiallari, otolaringologiyadagi innovatsiyalar, jumladan molekulyar genetik tadqiqotlar, LOR-a’zolari va bosh-bo‘yin kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni jarrohlik reabilitatsiya qilishning yuqori texnologiyali usullari.
Muhokama qilinadigan muammolar. Otorinolaringologiyada tashxislash va davolash (otologiya, rinologiya, foniatriya, surdologiya va b.q.); Bosh va bo‘yin kasalliklarini tashxislash va davolash (yuz-jag’ jarrohligi, endokrinologiya, onkologiya, nevrologiya, plastik jarrohlik).

Syezd rasmlari

1
2
3
4
5
6
7