Assotsiatsiya yig‘ilishlari

24 Dek 2024
Toshkent

2024 yil 24 dekabr

2024 yil 24 dekabrda o'tkazilgan O‘zbekiston otorinolaringologiyasi va bosh-bo‘yin jarrohligi assosiasiyasi navbatdagi yig‘ilishi juda qizg‘in o‘tdi, barcha ma'ruzalar tinglandi, Assosiasiyaga a'zo bo‘lganlar sertifikatlar bilan taqdirlandilar

28 May 2024
Toshkent

2024 yil 28 mayda assotsiatsiyasining navbatdagi yigilishi

2024 yil 28 mayda o'tkazilgan O'zbekiston otorinolaringologiyasi va bosh-bo'yin jarroxligi assotsiatsiyasining navbatdagi yigilishidagi juda qiziqarli o'tmokda. Munozarali baxslar, qizg'in muxokamalar, muammoli xolatlarning yechimi bo'yicha taxlillar o'tkazildi

14 Mar 2024
Toshkent

2024 yil 20 fevralda oʼtkazilgan yigʼilish

🏥Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi o‘z faoliyatini yaqindagina boshlaganiga qaramasdan, bugunga kelib mazkur tibbiyot muassasasi AQSh, Yevropa, Hindiston, Germaniya, Turkiya,MDH davlatlari kabi qator xorijiy davlatlar bilan sheriklik aloqalarini o‘rnatgan. Jumladan, hozirgi kunda markazda:
2024 yil 3-6 aprel kunlari Turkiya davlatidan yetakchi rinolog mutaxassis Yaxya Demirdelen va kosmetolog Atalay Kabakchioglu bemorlarga maslahatlar berishdi, shifokorlar uchun mahorat darslari o‘tkazishdi hamda yuqori texnologik davolash va jarrohlik amaliyotlari o‘tkazishdi.
2024 yil 15 aprelda Germaniyaning Berlin shahridagi Charite klinikasi Tinnitus markazi direktori Dr. Birgit Mazurek boshchiligida “Quloq shovqini” yuzasidan mahorat darslari tashkil qilindi.
Bundan tashqari, Markazda 2024 yil 19-20 may kunlari Rossiyaning yetakchi surdologi t.f.n. Toropchina Liya Vladimirovna O‘zbekiston otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin jarrohligi assotsiatsiyasida ma’ruza bilan ishtirok etib, mahorat darslari o‘tkaziladi.
📚📣2024 yil 6-7 may kunlari Toshkent shahri Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bo‘lib o‘tadigan “Otorinolaringologiya, bosh va bo‘yin kasalliklarida tashxislash va davolashga zamonaviy yondashuv” xalqaro ishtirok bilan anjuman o‘tkaziladi. Anjuman otorinolaringologiyada tashxislash va davolash, bosh va bo‘yin kasalliklarini tashxislash va davolash (yuz-jag’ jarrohligi, endokrinologiya, onkologiya, nevrologiya, kosmetologiya, plastic jarrohlik) mavzulariga bag‘ishlanadi.

20 Fev 2024
Toshkent

2024 yil 20 fevralda oʼtkazilgan yigʼilish

Oʼzbekiston otorinolaringologiya va bosh-boʼyin jarrohligi assotsiatsiyasi tomonidan 2024 yil 20 fevralda oʼtkazilgan yigʼilishi Respublika otorinolaringologiya va bosh-boʼyin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi yigʼilishlar zalida oʼtkazildi. Tadbirni professor Xasanov Saidakrom Аskarovich va Rossiya rinologlar assotsiatsiyasi prezidenti, professor Lopatin Аndrey Stanislavovich ochib berdi, yigʼilish otorinolaringolog-shifokorlar uchun ham ilmiy, ham amaliy jihatdan qizgʼin oʼtib, mazmunli bahs va munozaralarga boy boʼldi.