2025-yil 16–18-aprel kunlari bo‘lib o‘tgan "Otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklarining dolzarb muammolari" mavzusidagi, professor Q.D. Mirazizov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjumani.
🌍 Anjumanda 10 dan ortiq xorijiy ekspertlar va yetakchi mutaxassislar ishtirok etib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
🎓 Dastur doirasida:
✅ Dolzarb mavzularga bag‘ishlangan 30 dan ortiq ilmiy ma’ruzalar;
✅ Mahorat darslari va amaliy seminarlar;
✅ Zamonaviy diagnostika va davolash usullari bo‘yicha taqdimotlar;
✅ Xalqaro tajriba almashinuvi;
✅ Yosh mutaxassislar uchun ilmiy muloqot maydonlari tashkil etildi.
🔝 Anjuman doirasida "Yosh olimlar tanlovi" o‘tkazilib, eng yaxshi ilmiy ishlanmalar munosib taqdirlandi.
📜 Anjuman ishtirokchilarining barchasiga rasmiy sertifikatlar taqdim etildi.