22.01.2026
O‘zbekiston Otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin jarrohligi assotsiatsiyasi navbatdagi yig‘ilishi
2026-yil 27-yanvarda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yig‘ilishga taklif etamiz.
🔥 Hurmatli shifokorlar!
Barchani 2026-yil 27-yanvar kuni o‘tkaziladigan O‘zbekiston Otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin jarrohligi assotsiatsiyasining navbatdagi yig‘ilishiga taklif etamiz.
Yig‘ilish doirasida juda muhim va dolzarb mavzularga bag‘ishlangan ma’ruzalar taqdim etiladi. Unda ishtirok etish va fikr almashish, avvalo, shifokorlarning o‘zlari uchun foydali bo‘lishiga ishonamiz.
📍 Manzil: Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, 3-qavat, majlislar zali.