Otorinolaringologiya va bosh-bo’yin jarrohligi assotsiatsiyasi
Yangi Xalqaro imkoniyatlar va yo'nalishlar, texnologiyalar
Samarqand davlat tibbiyot universiteti 2022-yil 18-19 mart kunlari Samarqand shahrida bo’lib o’tadigan «Otorinolaringologiyada diagnostika va davolashning zamonaviy texnologiyalari» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani o‘tkazishini e’lon qiladi. Konferensiyadan maqsad otorinolaringologiyada global yutuqlar, akademik bilim va tajriba almashish hisoblanadi. Konferensiyada otorinolaringologiyaning yetakchi mahalliy va xorijiy olimlar ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Konferensiya tashkilotchilari: O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi, Samarqand davlat tibbiyot universiteti Società Italiana di Rinologia, Università degli Studi di Napoli Federico II, O’zbekiston shifokorlar uyushmasi hamda Rossiya Davlat ijtimoiy universiteti bilan hamkorlikda.
Konferensiya asosiy yo’nalishlari:
- Otorinolaringologiyada umumiy dolzarb mavzulari
- Tashqi va o’rta quloq patologiyalari
- Ichki quloq patologiyalari
- Audiologiya
- Vestibulologiya va otonevrologiya dolzarb muammolari
- Burun va burun yondosh bo’shliqlari patologiyalari
- Halqum patologiyalari
- Foniatriya
- Bolalar otorinolaringologiyasi
- Lor-onkologiya
- Lor-genetika
Konferensiyaning rasmiy tillari: o’zbek, rus, ingliz.
Konferensiya formati – gibrid (oflayn va onlayn tadbir platformasi). Konferensiya dasturidan zamonaviy tibbiy mahsulotlar, asbob-uskunalar va farmatsevtik preparatlar ko‘rgazmasi o‘rin olgan.
Bizning Xalqaro munosabatlar
Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-buyin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
Rossiya Federatsiyasi Sog'liqni saqlash vazirligining Sankt-Peterburg quloq, tomoq, burun va nutq ilmiy-tadqiqot instituti
Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-buyin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
Tashkent shahri
Sog’liqni saqlash sohasida hamkorlik to’g’risidagi bitim shu hafta O’zbekistonda 2023 yil sentyabr oyida tashkil etilgan Otorinolaringologiya va bosh va bo’yin kasalliklari bo’yicha Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Rossiya Federatsiyasi Sog’liqni saqlash vazirligining Sankt-Peterburg quloq, tomoq, burun va nutq ilmiy-tadqiqot instituti o’rtasida imzolandi.

Spelling error report
The following text will be sent to our editors: